Navoiydagi kremniy zavodi qayta tiklanadi

O‘zbekiston 13:06 / 19.11.2019 6003

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qozog‘iston Respublikasining mineral xomashyolarni kompleks qayta ishlash bo‘yicha milliy markazi bosh direktori Abdurasul Jarmenovni qabul qildi. 

A. Jarmenov Navoiy shahridagi hozirda faoliyat ko‘rsatmayotgan kremniy zavodini modernizatsiya qilib, investitsiyalar jalb etib, kremniy va uning qorishmalarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqarish taklifini ilgari surdi, deyiladi vazirlik xabarida. 

Qayd etilishicha, bugunda alyuminiy, kalsiy, uglerod, titan, fosfor, xrom kabi elementlarning nisbati kam bo‘lgan, tarkibida kremniy moddasi yuqori bo‘lgan po‘latga ehtiyoj yuqori. Temir va kremniydan tashkil topgan ferro-qorishmani ishlab chiqarishda ko‘mir chiqindilari yoki guruch kepagidan olingan sof uglerodli tiklovchi moddadan foydalaniladi. Bu innovatsion texnologiyani tijoratlashtirish hozirda to‘xtab qolgan zavodni ishlashiga, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etilishiga, eksportbop mahsulot ishlab chiqarilishiga, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan oqilona hozirda foydalanishga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Muzokaralar natijasida Innovatsion rivojlanish vazirligi mutasaddilari xarajatlar, investitsiya miqdori va aniq prognozlashtirilgan foyda miqdori va uni taqsimlash tartibi ko‘rsatilgan aniq ish rejasini tuzish bo‘yicha ishlarning natijasi mazkur loyihaning istiqbolini belgilashini qayd etdilar. O‘z navbatida, loyiha O‘zR FA U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining olimlarini jalb qilgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: