13 noyabr kuni soat 22:00larda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Termiz shahrida yashovchi V. M. o‘z boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina «Termiz – Toshkent» M-39 yo‘lining 1289-kilometrida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelib chap tomonga burilayotgan fuqaro H.K. boshqaruvidagi «VAZ–2105» rusumli avtomashina o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan.
«Postda» nashri xabariga ko‘ra, natijada «Kobalt» avtomashinasi yo‘lovchilari – Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari M.N. va S.P. tan jarohati olishadi. Ular zudlik bilan shifoxonaga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.