«O‘ztransgaz» haydovchilarga murojaat bilan chiqdi 

Jamiyat 17:48 / 18.11.2019 24443

"O‘ztransgaz" avtotransport egalariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda respublikaning barcha hududlarida ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda.

Aholini, ijtimoiy ahamiyatga ega obektlarni, shuningdek respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarining kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji keskin oshib ketadi va bu gaz ta'minoti tizimida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

“Hurmatli avtotransport egalari, kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) aholiga, ijtimoiy ahamiyatga ega obektlarga, shuningdek respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalariga tabiiy gaz maksimum yetkazib berilishini inobatga olib, Sizlardan avtomashinalaringizga siqilgan gaz quyishda ushbu vaqtlarni inobatga olishingizni va vujudga kelgan holatga tushungan holda munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, “O‘ztransgaz”  iste'molchilarni tabiiy gaz bilan ta'minlashdagi uzilishlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi va avvaldan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: