O‘zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda

O‘zbekiston 09:21 / 18.11.2019 144686

21-24 noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. 

«O‘zgidromet»ning yozishicha, 21-24 noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi).

21 noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. 

22-24 noyabrda respublika hududi bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Mamlakat shimolida 21-24 noyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: