Mobicon 2019 konferensiyasi ma'ruzachilari e'lon qilindi: tinglovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Jamiyat 14:00 / 17.11.2019 2346

Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2019 konferensiyasining rasmiy saytida tadbir ma'ruzachilarining to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi. Konferensiyaning birinchi kunida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan tashrif buyurgan 20 nafardan ziyod ma'ruzachilar chiqish qilishadi.

Xalqaro ma'ruzachilar jamoasida Yandex, Mail.ru Group, 2GIS, Formula 55, «Odnoklassniki» va boshqa xalqaro kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etishadi. Yandex vakillari mamlakatning onlayn-makonidagi tendensiyalar, o‘zbekistonliklar orasida eng ommabop xizmatlar haqida suhbatlashadilar, shuningdek kompaniyaning 2019 yildagi rivojlanishini sarhisob qiladilar hamda o‘zlarining bevosita rivojlanish rejalari bilan o‘rtoqlashadilar. Alohida taqdimot o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun mavjud bo‘lgan reklama vositalariga bag‘ishlanadi.

Mahalliy ma'ruzachilar orasida CLICK, Webnow, Afrika SMM-agentligi, Troll.uz, Repost.uz, People blogerlari bilan ishlash agentliklari vakillari ishtirok etishadi.

An'anaga ko‘ra, konferensiya 22 noyabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita parallel bo‘limlarida to‘liq bir kun davom etadi. Tinglovchilarni mobil va Internet-marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislarning qiziqarli taqdimotlari kutmoqda. Ushbu konferensiya ketma-ket to‘rtinchi marotaba o‘tkazilmoqda.

Mobicon 2019 tashkilotchisi – Ledokol Group, O‘zbekistondagi yetakchi media agentligi.

Tadbirning rasmiy hamkorlari: Yandex, CLICK, CafePHO, AVTECH. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish rasmiy @mobiconuzb telegram kanali orqali amalga oshiriladi. Tadbir boshlanishidan bir necha kun oldin, aynan shu yerda elektron taklifnoma chiptasi e'lon qilinadi. 

Konferensiyaning rasmiy veb-sayti: mobicon.uz

Ko‘proq yangiliklar: