Kun.uz Rossiyada yashayotgan vatandoshlardan murojaatlar qabul qiladi

O‘zbekiston 00:42 / 15.11.2019 12711

Kun.uz muxbirlari yaqin kunlarda Rossiyaning  asosiy yirik shaharlariga safar qilib, o‘zbek muhojirlari hayotini turli rakursdan ko‘rsatib berishni rejalashtirmoqda.

Bu orqali saytimizda Rossiyada yashayotgan vatandoshlarimizning turmushi, erishayotgan katta-kichik yutuqlari, ularni qiynayotgan muammolar bevosita o‘sha yerning o‘zidan turib yoritiladi.

Siz Rossiyaning yirik shaharlaridan birida yashaysizmi? Bu yerdagi o‘zbekistonliklarning aksariyatiga taalluqli tizimli muammolarni tahlil qila olasizmi? Mehnat muhojiri bo‘lsangiz, bir-biriga o‘xshamaydigan xilma-xil kasblarda ishlab ko‘rdingizmi? 

Yoki Rossiyada aniq maqsad bilan, muayyan loyihalar ustida muvaffaqiyatli ishlayapsizmi? O‘z biznesingiz bormi? Yoki ilm-fan sohasida tadqiqotlar o‘tkazyapsizmi?

Telegram'da @kunuzmurojaat1 va @kunuzmurojaat2 manzillari orqali biz bilan bog‘laning. Rossiyadagi manzil va telefon raqamingizni ko‘rsatishni, murojaat mazmunini yozishni unutmang.

Ko‘proq yangiliklar: