O‘zbekistonning ba'zi hududlarida ta'mirlash-nazorat ishlarining texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida iste'molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.
«Hududgazta'minot» matbuot xizmatiga ko‘ra:
2019 yil 15 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani «Uvaysiy» ko‘chasida texnik nazorat ishlari olib borilishi sababli, mazkur hududdagi jami 55 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 15:00 ga qadar;
O‘rta Chirchiq tumani, «Kundizak», «Ayrontepa», «Tashmore», «Qoraqo‘yli» MFY va Nurafshon shahri «Tegantepa» MFY hududidagi jami 1600 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar;
Quyi Chirchiq tumani «Mevazor» MFY, «Hurriyat» va «Obod» ko‘chalaridagi jami 82 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar;
Buxoro viloyati, Vobkent tumani hududidagi jami 15200 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 18:00 ga qadar yer osti gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishini ma'lum qilamiz.
Shuningdek, Ohangaron shahri, 1-mikrorayon hududidagi 46-A ko‘p qavatli uyning dudburonlarida nosozlik aniqlangani sababli, mazkur nosozlik bartaraf etilguniga qadar, ko‘p qavatli uyning jami 72 ta aholi xonadonlariga gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
«Hududgazta'minot» ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.