Toshkent viloyatidagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 10:00 / 14.11.2019 48422

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha bayonot berildi.

2019 yil 11 noyabr kuni Quyi Chirchiq tumanida namunali uylarning xonadonida gaz chaqnashidan hosil bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etganligi va 4 nafari tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilganligi haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan 2019 yil 13 noyabr kuni Quyi Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi "a" bandi va 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin, Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlangandi.

Shuningdek, Tergov departamenti Toshkent viloyatidagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: