Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lukoyl» Qashqadaryoda ishchilarni haqorat qilgan xodimi bo‘yicha munosabat bildirdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasining O‘zbekistondagi bo‘limi xodimi Qashqadaryo viloyatidagi «Jarquduq» gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani aks etgan video tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasining O‘zbekistondagi bo‘limi xodimi Qashqadaryo viloyatidagi «Jarquduq» gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani aks etgan video tarqalgandi. Ishchilarning aytishlaricha, voqea ikki hafta avval yuz bergan.
«Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani» matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, elektrchilangarlar brigadasi uchastka boshlig‘i rahbarligida 110 ming volt kuchlanishli «Jarquduq» nimstansiyasida ish olib borilayotganida xavfsizlik texnikasi talablari qo‘pol ravishda buzilgan bo‘lib, bu brigada o‘limi, qimmatbaho uskunalarning shikastlanishi va butun obektning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan. Yo‘l qo‘yilgan xato bosh energetik Ivan Shilov tomonidan aniqlangan, shundan so‘ng tasdiqlangan qoidalarga muvofiq nimstansiyadagi ishlar vaqtincha to‘xtatilgan.
«Ko‘rsatmalarga rioya qilmaslik qo‘l ostidagi xodimlarning hayoti uchun fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglagan Ivan Shilov muloqot chog‘ida axloqiy me'yorlardan chetga chiqib ketgan va mahalliy xodimlarga nisbatan qo‘pol so‘zlar aytgan», - deyiladi matbuot xizmati tomonidan.
Ma'lum qilinishicha, hozirda kompaniyada ichki tekshiruv o‘tkazilmoqda, shu bois Ivan Shilov «Lukoyl»ning ishbilarmonlik etikasi bo‘yicha komissiyasining Moskvadagi yig‘ilishiga chaqirilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra voqeaning barcha ishtirokchilariga nisbatan aybdorlik darajasini hisobga olgan holda intizomiy choralar ko‘riladi.
Avvalroq ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekistondagi bir nechta nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari o‘z fikrlarini bildirdi.
Xususan, «Yuksalish» umummilliy harakati «Lukoyl» kompaniyasi rahbariyati kelgusida bunday holatlarga takror yo‘l qo‘ymaslik haqida, shuningdek, mazkur salbiy holat ishtirokchisiga nisbatan ko‘rilgan chora yuzasidan yaqin vaqt davomida jamoatchilikka axborot berishi lozimligini bildirgandi.
O‘zbekiston XDP mazkur videolavha yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish o‘tkazib, holat bo‘yicha rasmiy izoh, tushuntirish berilishi zarurligini bildirdi.
O‘zLiDep xizmat vazifasini bajarish davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun mas'ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarini ko‘rish eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblashini ma'lum qildi.
«Adolat» partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 13-moddasiga muvofiq, «Lukoyl» amaldorining harakatlarini qonunchilik me'yorlariga zid deb hisoblashini bildirgan va kompaniya rahbariyati hamda tegishli davlat organlaridan bu masalaga oydinlik kiritishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

18:08 / 04.04.2024
Lukoyl O‘zbekistondagi AYoQSh tarmoqlarini kengaytirmoqda

23:00 / 13.09.2023
“Lukoyl” kompaniyasi “SRP” doirasida O‘zbekistonga to‘lagan mablag‘ ochiqlandi

22:58 / 14.02.2023
Jo‘rabek Mirzamahmudov: “Lukoyl” bilan shartnoma 55/45 – O‘zbekiston foydasiga”

10:54 / 15.06.2017