Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent halqa yo‘li atrofida "Lukoyl" AYoQShlari paydo bo‘ladi

Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi Toshkent halqa yo‘li atrofida AYoQShlar tarmog‘ini barpo etadi. Bu haqda 14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan anjumanda ishtirok etgan "O‘zbekneftegaz" MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Lukoyl" birinchi bosqichda Toshkent xalqa yo‘li atrofida o‘z tarmog‘ini barpo etadi, keyinchalik uning AYoQShlari mintaqalarda ham xizmat ko‘rsata boshlaydi.
"Toshkentda "Lukoyl"ning ilk AYoQShi qurilgan. Biroq, hammasi biz o‘ylaganchalik oson ish emas. Qurding, ishni boshlading. Biz Rossiya kompaniyasining dastlab Toshkent halqa yo‘li atrofida, keyin mintaqalarda tarmoqlarini barpo etish masalasini birgalikda hal etishimiz kerak", — deb qayd etdi "O‘zbekneftegaz" rahbari.
Sultonov "Lukoyl"ning birinchi shoxobchasi ochilishi ortga surilayotganiga oydinlik kiritdi. Uning aytishicha, o‘zbek tomoni loyihani tezlashtirishni so‘ragan, "Lukoyl", o‘z navbatida, AYoQShni shunchalik tez qurganki, qator tashkiliy masalalar yechimini ham ortda qoldirgan.
"Hozirda, Rossiya kompaniyasining AYoQShlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxona bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etishi qolgan. Bu ham yaqin orada hal etiladi. Asosiysi, "Lukoyl" ichki bozorga o‘z neft mahsulotlari, benzini va dizel yoqilg‘isi bilan kirib keladi. Kompaniya boshqa mamlakatlardagi zavodlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini keltiradi", — deb qayd etdi Sultonov.
Uning qayd etishicha, Rossiya kompaniyasi mahsulotlariga minimal sifat talablari qo‘yiladi, u yerda 92 va 95 navli benzin hamda EKOdizel sotiladi. Shu bilan birga, bu zapravkalarda sotiladigan yoqilg‘ilar birmuncha qimmatroq bo‘ladi. Buning sababi, "Lukoyl" AYoQShlaridagi narxlar bozor qoidalariga ko‘ra shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi
Jahon | 20:09
-
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda
Jahon | 20:09
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
Mavzuga oid

18:08 / 04.04.2024
Lukoyl O‘zbekistondagi AYoQSh tarmoqlarini kengaytirmoqda

23:00 / 13.09.2023
“Lukoyl” kompaniyasi “SRP” doirasida O‘zbekistonga to‘lagan mablag‘ ochiqlandi

22:58 / 14.02.2023
Jo‘rabek Mirzamahmudov: “Lukoyl” bilan shartnoma 55/45 – O‘zbekiston foydasiga”

22:21 / 14.11.2019