LG SK9Y saundbari – nozik ijrodagi kuchli ovoz

Fan-texnika 13:27 / 14.11.2019 11780

Xonalarning burchagiga o‘rnatiluvchi qo‘shnilarni cho‘chituvchi baland, qo‘rqinchli ovozdagi kolonkalar endi uzoq o‘tmishda qoldi.

 

Bugungi kunda iste'molchi oddiylik va samaradorlikni tanlaydi. Oddiy xonadondagi hollivud sifatidagi tovush – bu orzu emas, balki LG'ning yangi yutug‘i. Bu safar kompaniya dasturchilari o‘z iste'molchilariga sifat va funksionallikni qadrlaydiganlar uchun ixcham, zamonaviy va ishonchli akustika tizimi –  SK9Y saundbari taqdim etdi. U har qanday hajmdagi gorizontal yuzaga, devorga qulay tarzda joylasha oladi va xona intereriga mos tushadi.

LG SK9Y saundbari – xonada kam joyni egallaydigan «uy kinoteatri»ning kuchli ko‘pkanalli hajmdagi ovozga ega akustik tarkibiy qismi. 

Dolby Atmos texnologiyasi tovushlar bilan aql bovar qilmas mo‘jizalarni yarata oladi – u audiomateriallarning yanada realroq ijrosini ta'minlagan holda uch o‘lchamli maydonga joylasha oladi.

 

Jangari filmlar, drama, musiqali va sport ko‘rsatuvlari, multfilmlar, hujjatli kinolar va hattoki, yangiliklar namoyishi – bularning bari tovushni  individual sozlashni talab etadi, sababi har qanday tovush rejimi bir-biridan baland-pastligi va o‘z ichki sxemasi bilan ajralib turadi. Ovozni moslashtirilgan boshqaruv tizimi siz ko‘rmoqchi bo‘lgan dastur turini mustaqil ravishda aniqlaydi, yoqimli va tiniq tinglovni ta'minlagan holda avtomatik tarzda kerakli tovush rejimini tanlaydi. Futbol o‘yinini tomosha qilishni huddi stadionda o‘tirib matchni kuzatish bilan taqqoslash mumkin, klassik musiqa konserti esa sizga chinakam filarmoniya qarshisida turgandek taassurot bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, sevimli qo‘shiqlaringiz endilikda odatdagidan ko‘ra, yanada  tushunarliroq, jonliroq eshitilib, qalbingiz tubigacha yetib boradi.

4K Pass-Through funksiyasi – qulay va ishonchli audiotizimning yana bir mukammal xususiyati. Agar soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, keng oqimdagi multimedia mahsulotlarini namoyish etish uchun video sifati standarti ishlab chiqilgan.  SK9Y saundbari NDCP 2.2 texnologiyasini ko‘tara oladi, bu esa o‘z navbatida uy kinoteatri orqali 4K-tasvir sifatini yo‘qotmagan holda yuqori darajadagi kontentdan zavq olish imkonini beradi.

 

Mahsulot yuqori samarali, yuqori sifatli audio va video komponentlarni ishlab chiqarib, o‘z faoliyati davomida faqatgina kuchli natijalarni ko‘rsata olgan Angliya kompaniyasi – Meridian Audio bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi. Shu sababli, SK9Y saundbarini eng yaxshi televizor ovozi bilan ham taqqoslashga hojat yo‘q. Ovozlar toza, yumshoq, bas tovushi esa asabga tegmagan holda ideal ovozning umumiy simfoniyasiga hamohang tarzda singib keta oladi. Tizim oson va intuitiv boshqariladi. U o‘zining alohida pultiga ega, biroq zarur hollarda, televizor pulti orqali ham boshqarish imkoni bor.

Endilikda siz o‘z xonadoningizdan chiqmagan holda, siz o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun sport musobaqasi va kino premeralarning ajoyib tomoshasini yoki maroqli diskotekalarni osonlik bilan tashkil etishingiz mumkin.

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: