Facebook yarim yil ichida 3,2 mlrd soxta akkauntni o‘chirib tashladi

Fan-texnika 07:52 / 14.11.2019 2671

Facebook kompaniyasi xodimlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idan joriy yilning aprelidan sentyabrigacha 3,2 mlrdga yaqin soxta akkauntni o‘chirib tashladi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma'lum qilingan.

Apreldan iyungacha 1,5 mlrd, iyuldan sentyabrgacha esa 1,7 mlrd shunday akkaunt o‘chirilgan. Kompaniya 2018 yil  apreldan sentyabrgacha 1,5 mlrd dan ko‘proq soxta akkauntni o‘chirgan. 

Kompaniya vakillarining ma'lum qilishicha, ko‘rilayotgan davr ichida ijtimoiy tarmoqdan “xira” reklamaga ega 4,1 mlrd xabar va zo‘ravonlik bilan bog‘liq 54,5 mln post o‘chirilgan. Shuningdek, terrorchilik guruhlari targ‘ib qilingan 11,1 mln, adovatni qo‘zg‘atuvchi 11,4 mln post o‘chirilgan.  

Facebook shuningdek o‘ziga tegishli Instagram ijtimoiy tarmog‘ini ham nazorat qilib, undan ham kompaniya siyosatiga zid keluvchi ma'lumotni muntazam o‘chiradi. Apreldan sentyabrgacha ijtimoiy tarmoqdan terrorchilik guruhlarini targ‘ib qiluvchi 240 ming, o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq 1,7 mlndan ko‘proq xabar o‘chirilgan.

Shu bilan birga kompaniya xodimlari kontent ortidan kuzatuvchi texnologiyalar mukammalmasligini va xatolar yuz berishi mumkinligini tan olishgan.

Kompaniya rahbariyati oxirgi yillarda foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarini himoyalash uchun yetarlicha choralar ko‘rmaslik va o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoqlarda zararli axborot bilan jadal kurashmaslik uchun tanqid qilinib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: