Adidas Rossiya terma jamoasi kiyimida bayroqning teskari tasvirlanishiga antiqa tushuntirish berdi

Jahon 20:33 / 14.11.2019 12484

Shu sababli futbolchilar yangi kiyimni 2020 yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinlari tugamaguncha kiymasliklariga qaror qilingan.

Adidas’ning tushuntirishicha, Rossiya bayrog‘i g‘alaba onlarida futbolchilar qo‘llarini yuqoriga ko‘targanlarida to‘g‘ri ko‘rinishi uchun ataylab teskari tasvirlangan.

“Rossiya bayrog‘i ranglari yangi kiyimning asosiy elementi hisoblanadi. Bu ranglar futbolchilar va muxlislar g‘alabani nishonlab qo‘llarini yuqoriga ko‘targanlarida to‘g‘ri aks etadi. Bizning vazifamiz bayroq g‘alaba onlarida to‘g‘ri aks etishidan iborat edi”, deyilgan kompaniyada. Shu bilan birga kompaniya vakili kiyimdagi bayroq ranglari qo‘lning burilishiga bog‘liq holda turli davlatlar bayroqlarini eslatishi mumkinligini tan olgan.

Avvalroq Rossiya OAVda terma jamoaning ko‘plab futbolchilariga yangi kiyim yoqmagani haqida xabar paydo bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, futbolchilar Belgiyaga qarshi uchrashuvga yangi kiyimda tushishdan bosh tortishgan. Rossiya futbol ittifoqi Adidas bilan uchrashib, kiyimni o‘zgartirishni iltimos qilgan, biroq kompaniya bundan bosh tortgan. Agar shartnoma buzilsa, uni Nike kompaniyasi olishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: