Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi

Jamiyat 08:00 / 13.11.2019 49165

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, «Surum» MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyda chaqnash sodir bo‘lgan. 

Buning oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

FVV xabariga ko‘ra, mazkur vaziyat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, voqeaning kelib chiqishi sabablari o‘rganildi va taxminiy xulosa taqdim etildi. Unga ko‘ra, gaz quvurining nosozligi tufayli tabiiy gaz yer osti orqali sizib chiqib, xonadonga tortilgan kanalizatsiya tizimi orqali xonalar ichiga to‘plangan.

Sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari, eshiklari, yotoqxonaning devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida deformatsiyaga uchrab, otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan.

Bundan oldin, Tergov departamenti Toshkent viloyatidagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: