Tesla Yevropada ilk zavodini quradi 

Jahon 22:16 / 13.11.2019 7418

Tesla kompaniyasi tanlovda Model 3 modeli uchun mukofotga loyiq topilgan.

Maskning tvitterda ma'lum qilishicha, Berlindagi Gigafactory 4 deb nomlanadigan zavod akkumulyatorlar, elektrodvigatellar va Model Y hamda Model 3 elektromobillari ishlab chiqaradi. 

Shuningdek, Berlinda kompaniyaning muhandislik va dizaynerlik markazlari joylashadi.

Gigafactory 4 AQSh kompaniyasining umumiy hisobda to‘rtinchi va AQShdan tashqaridagi ikkinchi zavodi bo‘ladi. Gigafactory 1 Nevadada, Gigafactory 2 Buffaloda, Gigafactory 3 esa Shanxayda qurilgan.

Germaniyadagi zavod Tesla’ga Yevropada elektromobillar sotishini yengillashtirishi mo‘ljallanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: