LG NanoCell televizori – reallikka sho‘ng‘ish

Fan-texnika 19:00 / 13.11.2019 17296

Haqiqiy ranglar, II avlod a7 aqlli protsessori, 4K Cinema hamda Dolby Vision & Atmos, ovozni aniqlash va kontekstli buyruqlar funksiyasi.

«Bugungi kunda dasturxonning asosiy bezagi nima? – Televizor!» - barcha davrlar va xalqlar uchun hurmatli Pechkin uning bu so‘zlari qanchalik bashoratomuz bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan. Zamonaviy texnologiyalar tufayli suyuq kristalli do‘stlar zamonaviy kvartiralar va uylarning ichki dizaynidagi markaziy elementga aylanmoqda. Boshqa barcha xususiyatlar haqida gapirmasdanoq. Zero, nima uchun «gapirmasdanoq»? Keling, gapiraylik...

Buning ustiga, LG kompaniyasi mutaxassislari NanoCell televizorlarining yangi modelini taqdim etib, EISA marosimida «Yevropaning 2019-2020 yildagi Smart-televizori» toifasida g‘olib bo‘lib, iste'molchilar elektronikasi bo‘yicha dunyoning eng yirik nashrlari assotsiatsiyasidan ketma-ket g‘alabalarini davom ettirdi.

NanoCell televizorining asosiy xususiyatlari – bu haqiqiy ranglar, II avlod a7 aqlli protsessori, 4K Cinema hamda Dolby Vision & Atmos, ovozni aniqlash va kontekstli buyruqlar funksiyasi hamda o‘ziga xos noyob Nano-rom – tasvirdan atigi 1 sm. Bularning barchasi iste'molchi haqiqatan aqlli, sifatli va eng muhimi, hayot, dam olish va o‘yin-kulgi uchun go‘zal texnikaga ega bo‘lishini anglatadi.

 

Mukammal televizor o‘zining RGB diapazondagi ranglarning tiniqligi va a'lo darajadagi tasvir sifati bilan taassurot qoldiradi va yorqin, jonli ranglar sizni ekranda bo‘layotgan tasvirga g‘arq qiladi. Bu qanday kechadi? Maxsus nano-zarralar xira jilolarni yoritib, rangni tozalovchi rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, ekranning ranglarni uzatish sofligi oshadi va ranglar diapazoni kengayadi. Bunda rang aniqligi siz qayerda bo‘lsangiz ham – televizorning yon tomonida, pastki qismida yoki hatto yuqorisida bo‘lsangiz ham o‘zgarishsiz qoladi – tasvir doimo «mazali» va juda real bo‘lib qoladi.

 

Agar siz 4K Cinema texnologiyasining nozik jihatlarini bilmasangiz, u holda dastlabki ma'lumot uchun bu ekrandagi piksel zichligining ko‘rsatkichi ekanligini tushunishingiz kifoya qiladi. Ya'ni, siz ekrandagi tasvirni ranglarning eng kichik tafsilotlari va soyalariga qadar maksimal darajada aniq ko‘rasiz. Agar oddiy televizor rang gammasining bir qismini «yeb qo‘ysa», 4K funksiyasi bo‘lgan televizor odamlarning nafaqat rangni, balki yorug‘likni qanday qabul qilishlariga imkon qadar yaqinroq tasvirni uzatadi.

Haqiqiy tasvirni tanib olish va ekrandagi tasvirni unga mos ravishda yaxshilashga yordam berish – ikkinchi avlod a7 protsessorining ishi hisoblanadi. U yorug‘likni bino ichidagi yorug‘likka mos ravishda optimallashtiradi, sun'iy ong texnologiyasi va individual sozlamalar tufayli esa tovush effektlari sizni tom ma'noda qamrab oladi.

Masalan, sport ko‘rsatuvlarida aqlli protsessor dinamika va tafsilotlarni yaxshilaydi – xuddi stadionda o‘tirgandek tasavvur hosil bo‘ladi! Oxir-oqibat, biz haqiqiy uy kinoteatriga ega bo‘lamiz – tasvir ko‘zga yanada jozibali va jonli bo‘lib tuyuladi, bu ruhiy jihatdan 3D dan ko‘ra yaxshiroq, buning ustiga ko‘zoynaklarsiz va ko‘zga zo‘riqishlarsiz, muvozanatlashgan ovoz esa tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi.

 

NanoCell  televizori ekranda TripAdvisor sayohat portali tomonidan doimiy ravishda yangilanib turuvchi dunyoning ajoyib manzaralarini namoyish etadigan galereya rejimida ishlashi mumkin. Televizorning yuqorida sanab o‘tilgan barcha xususiyatlaridan kelib chiqib, tasvir juda hayratlanarli bo‘ladi – siz Niagara sharsharasining shovqinini tom ma'noda eshitishingiz yoki Shimol yog‘dusining ulug‘vorligini his qilishingiz mumkin. Old paneldagi ortiqcha detallarsiz ingichka rom esa har qanday intererga mos tushib, televizorni bir vaqtning o‘zida barcha buyuk san'at ustalarining ijodiga aylantiradi.

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: