Qashqadaryoda 5 nafar shaxs ushlandi. Ular 26 yoshli qizning nomusiga tegishgan

Jamiyat 07:39 / 12.11.2019 116741

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi o‘ttiz yoshdan oshgan besh nafar fuqaro ushlandi.

«Postda» nashrining yozishicha, ular joriy yilning oktabr oyida, tungi soat 1:30da ko‘chada ketayotgan 26 yoshli M.T.ni majburlab mashinaga o‘tqizib, ovloq joyga olib borishgan va nomusiga tegishgan.

Hozirgi kunda jinoyatchilarning barchasi ushlangan. Xabarda aytilishicha, Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Hayratlanarlisi esa, e'tibor bergan bo‘lsangiz, voqea yarim tunda sodir etilgan. Haqli savol tug‘iladi: yosh qizning shu paytda sababsiz ko‘chada yurishiga ota-onasi qanday yo‘l qo‘yib berdi ekan. Bu ham oilada tarbiya masalasiga e'tiborsizlikdan biri emasmi? Bu kabi savollar ko‘p. Lekin bu singari savollarni jiddiy o‘ylab ko‘rmaslikning oqibati jinoyatlar kelib chiqishiga sabab emasmi?!» - deb yozadi nashr.

Ko‘proq yangiliklar: