Ko‘chadagi ichimlik suvi quvuri yorilib, suv to‘xtovsiz sizib chiqmoqda. Aholi Buxoro shahar «Suvoqova» korxonasiga bir necha marta murojaat qilgan. Ammo bu murojaatlarni mutasaddilar e'tiborsiz qoldirib kelishmoqda.
Suv — bebaho boyligimizdir. Ichimlik suvining har bir tomchisini asrab-avaylash har birimizning insoniylik burchimizdir. Buxoroda toza ichimlik suvini yetkazishning o‘zi bir muammo bo‘lib turgan chog‘da, suvdan bunday xo‘jasizlarcha foydalanishga jim qarab turib bo‘lmaydi.
Albatta, muammoga befarq bo‘lmagan aholi vakillarining murojaatlari juda o‘rinli, biroq mutasaddilar uni bartaraf etishga shoshmayotgani qiziq.