Farg‘ona viloyatida sobiq ittifoq pasporti bilan yurgan fuqaro aniqlandi

Jamiyat 22:49 / 12.11.2019 16378

Farg‘ona viloyatida sobiq ittifoq pasporti bilan yurgan keksa yoshli fuqaro aniqlandi. 64 yoshli otaxon tez kunlarda O‘zbekiston pasportini oladi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligida ma'lum qilindi. 

1955 yilda tug‘ilgan Mo‘minjon ota Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Ozod” MFYda istiqomat qiladi. U shu kunga qadar sobiq ittifoq pasportigagina ega bo‘lgan.

Otaning tan olishicha, u o‘z e'tiborsizligi tufayli biometrik pasport olmagan. Bu holat uning O‘zbekiston pasportini so‘rab adliya bo‘limi xodimlariga murojaat qilgan vaqtida aniqlandi.

Bo‘lim xodimlari otaga huquqiy maslahat berib, yangi pasportni qay tarzda qo‘lga kiritishi va bu uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida ma'lumot berganlar.

Tez kunlarda Mo‘minjon otaga yangi biometrik pasport berilishi va'da qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: