«Bu ortdan pichoq urish» – Advokatlar palatasi rasmiysi yangi soliq tartibi haqida

O‘zbekiston 19:47 / 12.11.2019 46938

Adliya vazirligi rasmiylari prezidentning «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tabdirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

«Surishtiruv va tergov organlari tomonidan advokatlarning faoliyatlariga to‘sqinliklar bor edi. Bu bo‘yicha ishchi guruh tuzildi va har bir viloyatda surishtiruv-tergov xodimlari bilan seminarlar o‘tkazdik. Eskicha qarash, har qanday shaklda to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha tushuntirishlar o‘tkazdik.

Tergov hibsxonalarda mijozlar bilan uchrashishlar bo‘yicha sharoitlar qayta o‘zgartirildi. Alohida xonalar ajratildi. Bu xonalarda audioyozuv moslamalarisiz vizual uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilib advokat so‘rovi masalasida muammolar bor edi. Aniq mexanizmlar yo‘q edi. Bu bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Endi mexanizm bor. Yetarli vaqtda javob berilmadimi, bu bo‘yicha sudlar tomonidan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Lisenziya berishda ham muammolar bor edi. Bunda davlat organlari tomonidan aralashish hollari mavjud edi. Bunda ham ko‘plab o‘zgartirishlar kiritdik. Lisenziyani tugatish protsedurasi ham qiyinlashtirildi», deya Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Eldor Mahkamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Advokatlar davlat hisobidan berilishida ayrim advokatlar guruhlari sohani o‘ziniki qilib olgani muammosi ham mavjudligi, yangi qabul qilinayotgan hujjat orqali tizim o‘zgarishiga umid qilinayotgani bildirildi.

«Yangi soliq qonunchiligiga nisbatan o‘zimizning etirozimizni bildirdik, qat'iy pozitsiyamizni ko‘rsatdik. Asoslantirilgan holda, moliya vazirligiga, soliq qo‘mitasiga, adliya vazirligiga, deputatlarimizga ham murojaat qildik.

Chunki notijorat tashkilot sifatida xizmat ko‘rsatmaydi, yordam ko‘rsatadi, notijorat tashkilot bo‘lib, uning ichida notijorat, tijorat deb ikki xil soliqqa tortish tashkilotni ichidan buzadi.

Umuman olganda, advokaturaning faoliyatini rivojlantirish dolzarb bo‘lib turganda, yosh kadrlarni sohaga tortish kerak bo‘lganda bu «orqamizdan pichoq urish» bo‘ladi», deydi Advokatlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Sodiqov.

Ko‘proq yangiliklar: