Video: Germaniyada futbolchi raqib murabbiyini qasddan yiqitdi. Zaxira futbolchilari qasd olish uchun chopishdi

Sport 11:20 / 11.11.2019 15773

Germaniya chempionatining 12-turi doirasida «Ayntraxt» va «Frayburg» klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda frankfurtliklar sardori, argentinalik David Abraham mojaro keltirib chiqardi.

O‘yinning so‘nggi qismida, hisob mehmonlar foydasiga 1:0 bo‘lib turgan vaqtda Abraham maydon tashqarisiga chiqib ketgan to‘pni olish uchun ketayotib, maydon chetida turgan «Frayburg» bosh murabbiyi Kristian Shtrayxni turtib yiqitib ketdi. Frayburgliklar jamoasining zaxira futbolchilari esa qoidabuzar tomon tashlanishdi, uni jamoadoshlari himoya qilish uchun chopib kelishdi va maydonda to‘polon boshlandi. Yakunda o‘yin hakami Abrahamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ayni vaqtda 33 yoshda bo‘lgan Abraham 2015 yildan buyon «Ayntraxt» klubi a'zosi hisoblanadi. U joriy mavsumda Bundesliganing 8 uchrashuvida ishtirok etgan va bir gol urgan. Uning frankfurtliklar jamoasi bilan shartnomasi muddati 2021 yilgacha tuzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: