Parij tinchlik forumida O‘zbekistondan kim ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi 

O‘zbekiston 08:25 / 11.11.2019 5733

2019 yilning 11-13 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov amaliy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi va Parij tinchlik forumida ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston-Fransiya siyosiy maslahatlashuvlarini va qator ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, forum o‘tkazilishiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashabbus bildirgan va u  zamonaviy dunyoda keskinlik oshayotganiga javob bo‘lishga chorlangan.

Ko‘proq yangiliklar: