Lexus o‘zining ilk seriyali elektromobilini taqdim qiladi

Fan-texnika 21:51 / 11.11.2019 8337

Lexus kompaniyasi 22 noyabrda Xitoyning Guanchjou shahridagi avtosalonda o‘zining ilk seriyali elektromobilini taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Bu model Yevropa va Xitoy bozorlari uchun yaratilgan bo‘lib, u haqidagi boshqa tafsilotlar sir saqlanmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, gap shaharlar uchun mo‘ljallangan ixcham mashina haqida borib, unga 2015 yilgi Lexus LF-SA konsept-kari asos qilib olingan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, elektrokar UX-EV deb nomlanadi va bir quvvatlanishda 400-500 km yo‘l bosa oladi.

Shuningdek, Lexus’ning ilk elektromobili Smart va Mini Cooper SE elektromobillari bilan raqobatchilik qilishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: