Kun.uz saytida «Samarqanddagi chiqindiga to‘la bozor: bu yer qachon obodonlashtiriladi?» sarlavhasi ostida Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» buyum bozori qarshisidagi savdo do‘konlari orqasida joylashgan hududdagi yoyma bozor va u yerdagi antisanitariya holati haqida reportaj uyushtirilgan edi.
Ma'lum qilishlaricha, hudud Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi inspektorlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalangan.
Mazkur hududda bunday holatlar takrorlanmasligi uchun fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot ishlari ham amalga oshirilmoqda ekan.
O‘z muxbirimiz.