Bangladeshda «Bulbul» sikloni sababli 1,8 mln kishi evakuatsiya qilinadi

Jahon 08:50 / 10.11.2019 4367

Bangladeshda “Bulbul” sikloni sababli 1,8 mln kishi mamlakatning xavfsiz hududlariga evakuatsiya qilinadi. Aholi 4 mingga yaqin panohgohga joylashtiriladi. Bu ishlarda 50 mingga yaqin ko‘ngilli ishtirok etmoqda.

“Biz aholini siklondan himoyalash uchun tayyorgarlik choralarini ko‘rdik”, deb aytgan mamlakat bosh vazir Shayx Xasin. Uning ta'kidlashicha, mamlakat bunday siklonlar oqibatlariga qarshilik ko‘rsatish uchun yetarlicha tajriba orttirgan.

Ta'kidlanishicha, siklondagi shamol tezligi 120 km/soatgacha yetishi mumkin. Panohgohlar sifatida maktab binolari va boshqa ijtimoiy obektlar qo‘llanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: