Tramp maxsus prokurorning hisobotini amerikaliklar uchun «eng katta yolg‘onchilik» deb atadi

Jahon 20:13 / 09.11.2019 5470

Maxsus prokuror Robert Myullerning Rossiya 2016 yildagi saylovlarga aralashgani va AQSh prezidentining Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risidagi hisoboti «Amerika xalqiga qarshi sodir etilgan eng ulkan yolg‘onchilikdir». Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Atlantadagi saylovoldi mitingida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratik partiya vakillari uch yil davomida 2016 yilgi saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi «bema'ni» fikr bilan o‘ralashib qolishgan.

Maxsus prokuror Robert Myuller Rossiyaning 2016 yilgi AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi va Tramp saylovoldi shtabining Moskva bilan aloqalari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi. aprelda AQSh adliya vazirligi yakuniy hisobotni e'lon qildi. Unda aytilishicha, Trampning saylovoldi shtabi Moskva bilan til biriktirmagan, ammo Rossiya saylovlarga aralashishga harakat qilgan.

Rasmiy Moskva bu ayblovni rad etdi.

Ko‘proq yangiliklar: