Poytaxtda 9 noyabr kuni soat 14:30 dan 16:00 gacha velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarning bir qismi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarning bir qismi yopiladi:
Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Shahrisabz ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismi;
Islom Karimov ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Furqat ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Bundan oldin, Toshkentda havaskor velosipedchilar o‘rtasida «Velomarafon» bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.