Toshkent xalqaro aeroportida xorijiy valutalar bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani ma'lum bo‘ldi

Jamiyat 10:24 / 09.11.2019 8815

2019 yil 7 noyabr kuni Toshkent shahri aeroportlarida Xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida profilaktik chora-tadbirlar olib borilgan.

IIV axborot xizmatiga ko‘ra, uning davomida 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro R.I. shu kuni “Ostona-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.N. bilan uning yonida bo‘lgan 5 000 Rossiya rublining 3 000 rublini 390 ming so‘mga ayirboshlab, qolgan 2 000 rublini qaytim sifatida berayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan valuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish huquqbuzarligi sodir etganligi uchun surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Fuqarolarimizdan xorijiy valutadagi mablag‘larini banklarning shoxobchalarida ayirboshlashlarini so‘rab qolamiz. Bu bilan ular o‘zlarini firibgarlik jinoyatlarining qurboniga aylanib qolishdan asragan bo‘ladilar”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: