Instagram AQShda «layk»lar sonini yashirish funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

Jahon 20:44 / 09.11.2019 2401

Facebook kompaniyasiga qarashli Instagram ijtimoiy tarmog‘i kelasi haftadan AQShda foydalanuvchining postlari ostiga qo‘yilgan “layk”lar sonini yashiruvchi funksiyani sinov rejimida ishga tushiradi. Bu haqda Instagram bosh direktori Adam Mosseri ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchi o‘z foto va videolari uchun nechta “layk” to‘plaganini ko‘rib turadi. Biroq obunachilarining to‘plagan “layk”larini ko‘ra olmaydi. 

Instagram rahbarining izohlashicha, bundan maqsad foydalanuvchilarning «ijtimoiy qiyoslash»larini yo‘q qilish orqali ijtimoiy tarmoqdagi raqobatga chek qo‘yishdir.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu funksiya Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Irlandiya, Italiya va Braziliyada sinovdan o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: