Yevropa Ligasi. «MYu» va «Espanol» pley-offda, «Roma» mag‘lubiyatga uchradi

Sport 03:27 / 08.11.2019 6156

Yevropa Ligasida 4-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. «Manchester Yunayted» o‘z maydonida Serbiyaning «Partizan» klubini qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi va muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.

«Espanol» o‘z maydonida «Ludogorets» darvozasiga javobsiz 6ta to‘p kiritdi, ispan klubi ham pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

«Roma» mehmonda «Borussiya» Myonxengladbaxga qarshi bahs yuritib, 95-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Shuningdek, tur doirasida «Reyndjers», «Vulverhempton», «Braga» klublari ham g‘alaba qozonishdi.

Yevropa Ligasi, 4-tur, 7 noyabr

G guruhi

Reyndjers – Portu 2:0
Gollar: Morelos (69), Devis (73).

Feyyenoord – Yang Boyz 1:1
Gollar: Bergyoys (18, penalti) – Shpilman (71).

N guruhi

Ferensvarosh – TsSKA 0:0

Espanol – Ludogorets 6:0
Gollar: Melendo (4), Lopes (19), Vargas (36, penalti), Kampusano (52), Pedrosa (73), Fereyra (76).

I guruhi

Volfsburg – Gent 1:3
Gollar: Viktor (20) – Yaremchuk (50), Depuatr (65), Ngadu (76).

Aleksandriya – Sent-Eten 2:2
Gollar: Bezborodko (84), Zaderaka (90+1) – Hazri (24, penalti), Kamara (72).

J guruhi

Borussiya M – Roma 2:1
Gollar: Fasio (35, avtogol), Tyuram (90+5) – Fasio (64).

Volfsberger – Istanbul 0:3
Gollar: Vishcha (73), Krivelli (84, 87).

K guruhi

Vulverhempton – Slovan 1:0
Gol: Ximenes (90+2).

Braga – Beshiktosh 3:1
Gollar: Paulinyu (14, 37), Eduardu (81) – Boyd (29).

L guruhi

Manchester Yunayted – Partizan 3:0
Gollar: Grinvud (21), Marsyal (33), Reshford (49).

Astana – AZ Alkmaar 0:5
Gollar: Boadyu (29, 77), Midshe (52), Idrissi (57), Xatsidiakos (75).

Ko‘proq yangiliklar: