Jahon | 20:44 / 08.11.2019
11291
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya asirga olingan IShID jangarilarini o‘z yurtlariga qaytaradi

Foto: AP Photo / Lefteris Pitarakis

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi davom ettirilishi mumkinligini aytgandi.

Turkiya 11 noyabrdan IShIDning asir tushgan jangarilarini o‘z yurtlariga qaytarishni boshlaydi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma'lum qildi.

"Dushanbadan asirga olingan IShID jangarilarini qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa o‘sha davlatga qaytarishni boshlaymiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Anadolu agentligi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi davom ettirilishi mumkinligini aytgandi.

Ushbu operatsiya Kurdiston ishchi partiyasi va IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi qaratilgan.

Mavzuga oid