«ERIELL Group»: «O‘zbekneftegaz» AJ hamkorligida uglevodorod xom-ashyosi qazib olish hajmini oshirish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston 11:00 / 08.11.2019 3815

Ma'lumki, gaz o‘tkazish quvurlarining asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi iste'molchilariga gaz va gaz kondensati yetkazishdan iborat. Neft va gaz konlaridan foydalanish obektlari sifatida qazib olishning texnologik kompleksi, yig‘ish, tashish va neft hamda gazni tayyorlashning yer usti obektlari tushuniladi.

«ERIELL Group» kompaniyasi «O‘zbekneftegaz» AJga qarashli konlarni jihozlash ishlarini faol ravishda olib boradi. Hozirgi kunda kompaniya tomonidan «Arslon», «Uzunshor», «Istmok», «Alan» va boshqa gaz o‘tkazish quvurlarining qurilish ishlari davom etmoqda.

Xususan, 40,6 kilometrli «Arslon» gaz o‘tkazish quvurining payvandlash-montaj ishlari yakunlandi. Ustyurt hududidagi «Arslon» gazni kompleks tayyorlash uskunasidan «Sharqiy Berdax» – «Buxoro» – «Ural» gaz o‘tkazish quvurining 47 kilometriga qadar ishlar bitkazildi. Jarayonga 100 nafardan ortiq mutaxassislar jalb qilindi, 40 dan ortiq og‘ir va yengil texnika ishlatildi. Yer usti, payvandlash-montaj va izolayatsiyalab joylashtirish jarayonlari bor-yo‘g‘i 50 kunda yakunlandi.

Mazkur gaz o‘tkazish quvuri «Sharqiy Berdax» – «Buxoro» – «Ural» tizimiga sutkasiga 3 mln. m³ gaz yetkazib berish quvvatiga ega. Ayni paytda bu gaz o‘tkazish quvuri sinovdan o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, 2 haftadan ozroq muddatda Muborak tumanidagi 6,64 kilometrlik «Uzunshor» gaz o‘tkazish quvurini qurish bo‘yicha ishlar ham yakunlandi. Enlilikda bu quvurni «Uzunshor» konidan «G‘arbiy Tegirmon» – «SP-2 Somontepa» «Tegirmon» konlar guruhi bilan bog‘lash imkoni bo‘ladi.

Bu gaz o‘tkazish quvuri xom-ashyo gazini «Uzunshor» konidagi 6 ta quduqdan olingan gazni to‘plash va «Tegirmon» konlar guruhiga yetkazish imkonini beradi. Ayni paytda bu gaz o‘tkazish quvuri ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Muborak tumanida «Istmok» konidan «SP-5» – «G‘arbiy Sabo» gaz o‘tkazish quvuriga qadar quvur tortish ishlari yakunlandi. 5,5 kilometrli bu gaz o‘tkazish quvuri «Istmok» konidagi 3 ta quduqdan xom-ashyo gazini yig‘ish va tashishga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari Muborak tumanida «Alan» konining №202 raqamli qudug‘i muvaffaqiyat bilan foydalanishga topshirildi. Bu quduqni gaz yig‘ish punkti bilan bog‘lovchi 1,4 kilometrli gaz o‘tkazish quvuri ham qurib bitkazildi.

Ta'kidlash kerak, gaz o‘tkazish quvurlari ikki bosqichli sinovdan o‘tkaziladi. Mustahkamligi va germetikligi qattiq tekshiriladi. Sinovlar armaturani o‘rnatish ishlari yakunlanganidan so‘ng, hisoblash priborlari va uskunalari montaj qilinganidan keyin amalga oshiriladi. Qurilishi tugallangan gaz o‘tkazish quvurlari gidravlik sinov – siqilgan havoni katta bosim bilan berishdan o‘tkaziladi.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: