YeChLda eng ko‘p tomoshabin to‘playotgan 10 stadion: «Kamp Nou»dan «Zenit-arena»gacha

Sport 14:28 / 07.11.2019 7539

Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turidan keyin uy stadionida bir o‘yinda o‘rtacha eng ko‘p tomoshabin to‘playotgan stadionlar nomi ma'lum bo‘ldi.

Chempionlar Ligasining o‘tgan to‘rt turi davomida eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurayotgan o‘yingoh – «Kamp Nou» stadioni bo‘ldi. «Barselona» uy arenasida o‘rtacha 76 582 tomoshabin to‘planmoqda.

Xususan, YeChL 2-turi doirasidagi «Barselona» - «Inter» (2:1) o‘yinida joriy mavsumdagi rekord qayd etilgan. Kataloniyadagi o‘yinda joriy turnirdagi eng ko‘p – 86 141 tomoshabin tashrif buyurgan.

Tomoshabinlar tashrifi borasida 2-o‘rinda «Bavariya»ning uy stadioni «Alyans-arena» qayd etilgan. Myunxendagi YeChL o‘yinlarida o‘rtacha 66 828 tomoshabin tashrif buyurmoqda.

Uchinchi pog‘onadan ham Bundesliga klubi o‘rin olgan. Dortmundning «Borussiya» klubi Chempionlar ligasi bahslarida uy o‘yingohi «Signal iduna park»da o‘rtacha 66 099 muxlis to‘plamoqda. Reytingning top-10ligi bilan tanishing:

YeChL-2019/20da eng ko‘p tomoshabin to‘playotgan 10 stadion:

1. «Kamp Nou»

Klub: «Barselona»

O‘rtacha tashrif: 76 582

Stadion to‘lishi: 77 %

2. «Alyans-arena»

Klub: «Bavariya»

O‘rtacha tashrif: 66 823

Stadion to‘lishi: 89 %

3. «Signal iduna park»

Klub: «Borussiya» D

O‘rtacha tashrif: 66 099

Stadion to‘lishi: 71 %

 

4. «Santyago Bernabeu»

Klub: «Real» Madrid

O‘rtacha tashrif: 65 302

Stadion to‘lishi: 76 %

5. «Vanda Metpopolitano»

Klub: «Atletiko»

O‘rtacha tashrif: 61 530

Stadion to‘lishi: 90 %

6. «Juzeppe Meatssa»

Klub: «Inter»

O‘rtacha tashrif: 57 901

Stadion to‘lishi: 72 %

7. «Tottenxem stedium»

Klub: «Tottenxem»

O‘rtacha tashrif: 55 935

Stadion to‘lishi: 90 %

8. «Enfild Road»

Klub: «Liverpul»

O‘rtacha tashrif: 52 427

Stadion to‘lishi: 95 %

9. «Yoxan Kroyf Arena»

Klub: «Ayaks»

O‘rtacha tashrif: 51 962

Stadion to‘lishi: 94 %

10. «Zenit-arena»

Klub: «Zenit»

O‘rtacha tashrif: 51 068

Stadion to‘lishi: 75 %.

Ko‘proq yangiliklar: