«Yandeks» kurer-robotni namoyish etdi

Fan-texnika 17:40 / 07.11.2019 5655

"Rover" atrofdagi obektlarni taniy oladi, yo‘nalishni rejalashtiradi, to‘siqlarni aylanib o‘tadi, piyodalar va jonivorlarga yo‘l beradi.

"Yandeks" kurer-robotni namoyish etdi, u kompaniya qarorgohi hududida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda "Yandeks" matbuot xizmati xabar berdi.

Balandligi yarim metr bo‘lgan bu qurilma shahar piyodalar yo‘lkalarida piyoda tezligida harakatlanadi. Undan kichik o‘lchamdagi yuklarni tashishda foydalaniladi. Robot "Yandeks.Rover" deb nomlandi.

"Dastlabki bir nechta robot sinov ishlarini bajarmoqda. Ular "Yandeks" qarorgohi ichida hujjatlarni tashimoqda. Robot o‘zi mustaqil yuradi, ammo hozircha operator kuzatuvi ostida. "Rover" atrofdagi obektlarni taniy oladi, yo‘nalishni rejalashtiradi, to‘siqlarni aylanib o‘tadi, piyodalar va jonivorlarga yo‘l beradi", - deyiladi xabarda.

Kelgusida "Rover" "Yandeks" ekotizimiga kiritiladi. Sinovlar yakunlanganidan so‘ng boshqa kompaniyalarga robot xizmatlaridan foydalanish taklif etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: