Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston davlat xavfsizlik organlari faxriysi: IShIDning chegara zastavasiga hujumi haqidagi versiya ishonchsiz

Foto: NOZIM KALANDAROV/TASS
Tojikiston davlat xavfsizlik organlari faxriysi Davlatxo‘ja Nazirov 6 noyabr kuni aynan IShID jangarilari Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi Ishkobod chegara zastavasiga hujum qilganiga ishonmayapti. Bu haqda Asia-Plus yozmoqda.
«IShIDchilarning 20 kishidan iborat guruhi Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasini yashirin ravishda kesib o‘tgani ehtimoldan yiroq narsa. Bundan tashqari, uch kun davomida ular Qubodiyondan Rudakiy viloyatiga qadar 200 kilometr masofani bosib o‘tib, mamlakat hududi bo‘ylab sezdirmasdan yurishgani va deyarli poytaxtga yaqinlashishga muvaffaq bo‘lishgani umuman ishonish qiyin bo‘lgan holat», - dedi davlat xavfsizligi organlari faxriysi Asia-Plus’ga bergan intervyusida.
Shuningdek, u jinoiy guruh tezda yo‘q qilinganiga shubha bildirdi.
«Jangarilar kutilmaganda hujum qilish imkoniga ega edi, ular bundan foydalanmagan. Bundan tashqari, barchaga ma'lumki, IShID jangarilari Tojikiston xavfsizlik kuchlari tezkor ravishda bostirgan yuqoridagi kabi hujumni o‘ta uquvsizlik bilan tashkil etishmaydi», - deydi ekspert.
SSSR KGB sobiq polkovnigining Asia-Plus’ga aytishicha, yo‘q qilingan guruh terrorchilik va ekstremistik kayfiyatdagi Tojikiston fuqarolaridan iborat bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
«Ehtimol, ular Afg‘onistondan Tojikistonga emas, balki Tojikistondan Afg‘onistonga ketish chog‘ida, yo‘lda chegara zastavasiga hujum qilishgan. Ularning Dushanbe shahri avtomobil raqamlariga ega mashinalarda harakatlangani ham shundan dalolat beradi», - deya hisoblaydi ekspert.
Uning ta'kidlashicha, «chegara zastavasiga hujum Afg‘onistondagi terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni niyat qilgan mahalliy ekstremistlar tomonidan amalga oshirilgan».
2019 yil 6 noyabrga o‘tar tunda qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qildi. Hujum «Sultonobod» chegara otryadi harbiy qismining Ishkoboddagi 4-sonli chegara zastavasiga amalga oshirilgan.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qilgan shaxslar IShID terrorchi guruhi jangarilari bo‘lgan. Ular Tojikistonga Afg‘oniston tomondan o‘tib kelishgan.
Hujum oqibatida chegarachi va militsiya xodimi halok bo‘ldi, qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a'zosi yo‘q qilindi, besh nafari qo‘lga olindi.
Xabar qilinishicha, jangarilar 3 noyabr kuni Tojikistonning Qubodiyon tumaniga Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Qunduz viloyati Qalai-Zol uyezdi tomondan o‘tishgan. Qo‘lga olingan terrorchilarni so‘roq qilish jarayonida ular «Ishkobod» chegara zastavasi ular uchun «eng qulay joy» bo‘lganini aytishgan.
Shu bilan birga, Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi veb-saytida to‘rt nafar jangari qo‘lga olingani ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, maxsus amaliyotdan olingan fotosuratlar 6 noyabr kuni mamlakat Ichki ishlar vazirligi veb-saytida e'lon qilindi, ammo keyinchalik ular o‘chirib tashlandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

19:10 / 04.07.2025
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

15:31 / 01.07.2025