Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi raqibi ma'lum bo‘ldi

Sport 23:38 / 07.11.2019 15023

Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini ligada 2013 yildan beri ishtirok etuvchi amerikalik Trevor Smitga qarshi o‘tkazadi. O‘zbek jangchisi tegishli shartnomani 6 noyabrda imzoladi. Jangning o‘zi esa 8 dekabrda Vashingtondagi musobaqa doirasida bo‘lib o‘tadi. 

Murodov amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer jamoasi a'zosi hisoblanadi. U o‘z vaqtida Yevropaning Oktagon va XFN ligalarida ishtirok etgan. Mahmudning UFC’dagi debyuti sentyabrda Kopengagendagi musobaqada bo‘lib o‘tgandi. U o‘shanda italiyalik raqibi Alessio Di Kiriko ustidan hakamlarning bir ovozlik qarori bilan g‘alaba qozongandi.

29 yoshli sportchimizning navbatdagi raqibiga kelsak, 38 yoshli amerikalik UFC’da 11 ta jang o‘tkazib, ulardan 5 tasida g‘alaba qozongan, 6 tasida, jumladan oxirgi ikki jangida mag‘lub bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: