O‘zbekistonlik o‘quvchilar Turkiyadagi xalqaro olimpiadada 27ta medal va 2ta kubokni qo‘lga kiritdi

Jamiyat 10:56 / 05.11.2019 4896

Turkiyaning Antaliya shahrida maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida XI Xalqaro bilimlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

2019 yilning 27 oktyabridan 3 noyabrigacha tashkillashtirilgan tadbirda maktab o‘quvchilari, turli mamlakatlardan kelgan talabalar birdaniga bir nechta fanlar bo‘yicha musobaqalashdi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ushbu Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Respublika nomidan qatnashgan ishtirokchilar 27ta medal va 2ta kubokni qo‘lga kiritdi, ulardan 16tasi - bronza, 7tasi - kumush va 4tasi oltin medaldir. Kuboklar esa matematika hamda ingliz tili bo‘yicha qo‘lga kiritildi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Genesis Education maktabi tomonidan tayyorlangan.

Ko‘proq yangiliklar: