Ixcham dizayn, innovatsion texnologiyalar, LG yangi muzlatkichlarining ishchan va qulayligini ta'minlaydi.
LG Electronics (LG) kompaniyasi joriy yilda DoorCooling+ sovutish texnologiyasi bilan jihozlangan muzlatkichlar qatorini taklif qilmoqda. Ular oziq-ovqat mahsulotlarining a'lo darajada saqlanishi, elektroenergiya iqtisodi, ixcham dizaynda keng qamrovli qulayliklarni o‘zida jamlagan. LG muzlatkichlarida qanday afzalliklar mavjudligi haqida ma'lumotnomamiz orqali bilib olishingiz mumkin.
Bu texnikaning eng katta yangiligi – eshikni sovutishning DoorCooling+ texnologiyasidir. Oddiy muzlatkichlarda sovuq havo faqat orqa panel orqali berilishi tufayli sovutish jarayoni turli hududlarda turlicha kechadi, ya'ni qaysidir mahsulot lozim darajadagi haroratda saqlanmagani holda qaysi biridir muzlab qoladi. Yangi LG muzlatkichlarida sovuq harorat nafaqat orqadan, balki yuqoridan ham beriladi. Bu o‘z navbatida tartib bilan eshik javonlariga tushadi. Mu'lumki eshik alohida bo‘limlardan iborat va muzlatkichning old qismiga sovuq havo yo‘naltirishga xizmat qiladi. Buning natijasida ma'lum harorat saqlanishi osonlashadi, eshik javonlaridagi mahsulotlar saqlanishi yaxshilanadi. Tabiiyki barcha kameralar ideal harorat bilan ta'minlanadi.
LEANERCooling texnologiya LG DoorCooling+ muzlatkichlaridagi belgilangan haroratning zargarona ta'minlanishini amalga oshiradi. 10 yillik kafolat muddatiga ega invertor kompressorlar tufayli harorat o‘zgarishlari 0,5 darajadan oshmaydi. Muzlatkich A++ sinfidagi energiyasamaradorlik tizimiga ega va bu juda tejamkorligini anglatadi. Shuningdek bozorda taklif etilayotgan bu turdagi muhsulotlar ichida eng tinch ishlovchi muzlatkich hisoblanadi va shovqin ko‘rsatkichi bor yo‘g‘i 36 dBni tashkil qiladi.
Sovutish kamerasida barchasi eng mayda jihatlargacha nazarda tutilgan. Eng pastda eng yirik FRESHConverter hududi joylashgan va bu joyda go‘sht, baliq va sabzavotlarni saqlash mumkin. Mahsulotga ko‘ra eng mos haroratni ta'minlash imkoniyati mahsulotlarning shamollatilmagan holda ham uzoq va sifatli saqlanish imkoniyatini beradi.
Yuqoriroqda meva va sabzavotlarni saqlashga mo‘ljallangan FRESHBalancer hududi mavjud. Bu yerda ma'lum harorat va namlikni saqlashga xizmat qiluvchi o‘chirib-yoqish tizimi bor. Bu tizim siz sevgan mahsulotlarga eng qulay sharoit yaratib berishga xizmat qiladi.
Qolgan bo‘lmalar chetlari metalldan iborat pishiq shishadan ishlangan odatiy to‘rt javon o‘rtasida taqsimlab chiqilgan. Beshtagacha ichimlik butilkalarini saqlovchi javon mavjud. Baland va katta hajmli idishlar saqlanishi uchun taxlanuvchi bo‘lma ham bor. U ikki holatda bo‘la oladi – birida 16 santimetrga qisqarsa, ikkinchisida butunlay chetga tortiladi. Ya'ni sizga eskicha uslubda ma'lum javonlarni olib tashlashga zarurat qolmaydi.
Bu muzlatkichda yengil svetodiod yoritish tizimi, yashirin va qulay «cho‘ntak» tutkich, mobil telefon orqali masofaviy boshqaruv vaa diagnostikani ta'minlash uchun wi-fi va LG SmartThinQ tizimlar mavjud.
LG DoorCooling+ muzlatkichlari anchayin ixcham va kichik maydonlarga ham joylasha oladi, o‘ziga xos uslubda ishlangan, shovqinsiz ishlaydi, energiyani iqtisod qiladi. Yana bir ijobiy jihati – bu muzlatkichdagi oraliq(zazor)ning yo‘qligi. Ya'ni bu muzlatkich devorga zich tarzda joylashtirilsa ham eshikni 90 gradus darajada ochib, ichkidagi qutilarni bemalol siljitish mumkin.
LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:
- «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
- «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
- MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
- «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
- «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
- «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).
Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.
LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook: fb.com/LGUzbekistan
Instagram: @LGUzbekistan
Telegram: t.me/lguzbekistan
Reklama huquqi asosida