Andijonda foydali qazilmalarni noqonuniy ravishda qazib olayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat 10:01 / 05.11.2019 15656

Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, «Xavfsiz daryo» DUK, Andijon tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor nazorat reydi o‘tkazilgan.

Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, uning davomida Qoradaryoning Oltinko‘l tumani «Saroy» dahasi hududidan oqib o‘tuvchi o‘zan qismidan fuqaro M.M. tomonidan keng tarqalgan foydali qazilma boyliklar (shag‘al) shaxsiy ekskavator yordamida transport vositalariga noqonuniy ravishda yuklayotganligi aniqlandi.

Fuqaro M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalari bilan 6 mln. 690 ming so‘m miqdorida ma'muriy jarima qo‘llanilib, qazishda foydalanilgan texnika vositalari daryo o‘zanidan chiqarib yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: