Apple eski iPhone’larda internet va navigatsiya ishlamay qolishi mumkinligini ma'lum qildi

Fan-texnika 15:34 / 04.11.2019 8305

Nuqsonlar vaqt va sananing aniqligi bilan bog‘liq ilovalarda paydo bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar App Store, iCloud, elektron pochta, internet-brauzer va navigatsiyaga kira olmasliklari mumkin.  

Eski iPhone va iPad modellari egalari yangi dasturiy ta'minot o‘rnatmaydigan bo‘lishsa, qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu haqda Apple rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Gap 2012 yilgacha chiqarilgan iPhone 5 (iOS 10.3.4), to‘rtinchi avlod iPad, Wi-Fi + Cellular, iOS 10.3.4, iPhone 4s (iOS 9.3.6), birinchi avlod iPad mini, Wi-Fi + Cellular, iOS 9.3.6, iPad 2 (Wi-Fi + Cellular, iOS 9.3.6), uchinchi avlod iPad, Wi-Fi + Cellular, iOS 9.3.6 haqida bormoqda.

Nuqsonlar vaqt va sananing aniqligi bilan bog‘liq ilovalarda paydo bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar App Store, iCloud, elektron pochta, internet-brauzer va navigatsiyaga kira olmasliklari mumkin.  

Korporatsiyaning aniqlik kiritishicha, 3 noyabrgacha yangilanishlarni yuklab olishga ulgurmaganlar ma'lumotlarning rezerv nusxasini yaratishlari, so‘ngra kompyuter yordamida qayta tiklashlari kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: