Zargarlik buyumlarining mamlakat hududidan yashirincha olib chiqilishiga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali qo‘shni mamlakatga yo‘l olgan fuqarolar A.O. va D.M.larning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxslar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxslar egnidagi kiyimlari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan, umumiy qiymati 60 million so‘mlik og‘irligi 202 gramm bo‘lgan qo‘lbola usulda tilladan ishlangan quyma braslet, quyma kulon va quyma bo‘laklar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.