Dilmurod Nabiyev endi O‘zbekiston voleybol federatsiyasini ham boshqaradi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federatsiyaning ijroqo‘m a'zolari ishtirok etdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu kungacha federatsiya prezidenti lavozimi vakant bo‘lib turganligi sababli O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Doniyor Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan ma'qullandi hamda D. Nabiyev O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
Yig‘ilishda so‘z olgan Dilmurod Nabiyev voleybol mamlakatda keng ommalashgan va eng sevimli sport turlaridan biri sanalsa-da, biroq uning rivojlanish darajasi boshqa o‘yin turlari bilan solishtirganda sezilarli darajada ortda qolayotganini tanqid qildi va endilikda barcha bir yoqadan bosh chiqargan holda ushbu Olimpiya sport turini yangi bosqichga olib chiqish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.
Mavzuga oid

23:20 / 30.08.2024
Tarixdagi eng baland bo‘yli paralimpiadachi Parijda ham oltin medalni qo‘lga kiritish niyatida

10:40 / 14.03.2024
Toshkentda voleybol bo‘yicha shahar IIBB boshlig‘i kubogi o‘tkazilmoqda

16:03 / 16.11.2023
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun musobaqa o‘tkaziladi

20:27 / 15.07.2023