Iqtisodiyot | 21:20 / 01.11.2019
9479
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda prezident administratsiyasi uchun 742,6 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan

Fuqarolar uchun budjet-2020 loyihasida ko‘rsatilishicha, 2020 yilda prezident administratsiyasi uchun 742,6 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yilda prezident administratsiyasi uchun davlat budjetidan 742,6 mlrd so‘m (78,1 mln dollar) ajratiladi. Bundan joriy xarajatlar 612,6 mlrd, investitsion xarajatlar esa – 130 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

Hujjat loyihasida davlat boshqaruvi, adliya, prokuratura, sud va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini hamda NNT va boshqa fuqarolik institutlarini saqlashning taxminiy xarajatlari ham keltirilgan. Yuqorida nomi keltirilgan tuzilmalarni saqlash uchun 2020 yilda 6 580,8 mlrd so‘m (692,7 mln dollar) sarflanishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid