Erkin kurash bo‘yicha Yevropa chempioni O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bo‘ldi

Sport 18:34 / 31.10.2019 18089

Erkin kurash bo‘yicha dog‘istonlik sportchi Ilyos Bekpo‘latov O‘zbekiston fuqaroligini qabul qildi va xalqaro arenada respublika sharafini himoya qiladi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Bekpo‘latov bundan avval ham fuqaroligini o‘zgartirishga harakat qilgan. 2016 yilda u Vengriya terma jamoasiga o‘tishga uringan, biroq o‘shanda Sport kurashlari federatsiyasi qabul qilayotgan davlatdan juda katta miqdorda tovon puli talab qildi.

Ilyos Bekpo‘latov 2017 yilda erkin kurash bo‘yicha Yevropa chempionatida zafar quchgan, shuningdek, Bokudagi Yevroo‘yinlar-2015 sovrindori hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: