Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Adolat" SDP Jizzaxda korrupsiyaga qarshi ruhda miting o‘tkazdi
Shu kunlarda mamlakatimiz hududlarida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan fuqarolarning manfaatlari, partiyamizning g‘oya-maqsadlarini ifodalagan shiorlar asosida miting, aksiya va sayllar o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyatida ham hududiy partiya kengashi tashabbusi bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida aksiya tashkil etildi. Mazkur aksiyada partiya deputatlari, faollar, keng jamoatchilik vakillari, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, talabalar, mahalla faollari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Aksiyaning birinchi qismi miting bilan boshlandi. Jizzax shaxrining “Sharof Rashidov” shoh ko‘chasida 8 mingga yaqin yoshlar, xotin-qizlar, fuqarolar korrupsiyaga qarshi partiyamiz g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdi. Miting jarayonida partiyamiz bugungi kunda olg‘a surayotgan qator g‘oyalar ko‘p bor yangradi.
Tadbir shahardagi Forum majmuasi va uning atrofida davom etdi.
— Korrupsiya mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ulkan tahdid bo‘lib, u jamiyatning ma'naviy-axloqiy asoslarini yemirishi, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirib, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, — dedi viloyat partiya kengashi raisi Orif Shukurov. — Davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan korrupsiyaning oldini olishda amaliyotga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish zarur.
Darhaqiqat, hozirgi kunda korrupsiya nafaqat kundalik ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi, balki davlatlarning ichidan yemirilishiga olib keluvchi xavfli illatdir. Korrupsiya davlatning rivojlanishiga hamda milliy xavfsizlikka tahdid soladi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Jizzax davlat pedagogika instituti rektori A.Xolbekov bunday tadbirlar jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, bu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishda amaliy ahmiyatga ega ekanini qayd etdi.
Yurtdoshlarimizda korrupsiyaga, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabat shakllanishi shart. Chunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilishiga, ko‘payishiga ko‘p hollarda o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham topishiga xizmat qiladi.
Ishtirokchilarning fikricha, korrupsiya xalqning davlatga ishonchini pasaytiradi, jamiyatning axloqiy asoslarini yemiradi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning chuqurlashishiga sabab bo‘ladi. Korrupsiya bilan murosa qilib bo‘lmaydi, “butun dunyoda bor”, “korrupsiyani baribir yengib bo‘lmaydi” kabi vajlar bilan uni o‘z holiga tashlab qo‘yish ham mumkin emas. Korrupsiyani faqat tubdan yo‘q qilish haqida o‘ylash va bu illatga hamjihatlikda qarshi kurashish kerak.
Partiya tashabbusi bilan tashkil etilgan bunday tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom etadi.
O‘zbekiston “Adolat” SDP
Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

17:43 / 27.02.2025