Xiaomi egasi ortidan o‘zi yuruvchi chamadon ishlab chiqdi

Fan-texnika 01:48 / 30.10.2019 7546

Qurilma sig‘imi 31 litrni tashkil qiluvchi standart chamadonlar kabi bo‘lib, uning g‘ildiraklari va tortib chiqariluvchi tutqichi bor. O‘lchamlari 555 x 384 x 200 mmni, og‘irligi 4,5 kgni tashkil qiladi. 

Tutqichga kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u yuzlarni tanish funksiyasi bilan jihozlangan. Chamadon harakatlanishi uchun uning egasi yuzini kamerada skanerlashi lozim. Gadjet ushbu kamera yordamida, shuningdek, mo‘ljal oladi.

Qurilma g‘ildirakchalaridagi 4 motor bilan harakatga keltiriladi. U mashinaviy o‘qitish hisobiga to‘siqlar va odamlarni chetlab o‘ta oladi. Chamadon 92 Vt-soatlik akkumulyatordan quvvatlanadi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, qurilma to‘liq quvvatlangan holda 20 km yo‘l bosa oladi. To‘liq quvvatlanishi uchun esa 5 soat talab etiladi. Gadjetni mobil dastur orqali ham boshqarish mumkin. Chamadonning narxi 280 dollarni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: