“Yil avtomobili” bo‘lish uchun model Yevropaning kamida 5 ta davlatida sotilayotgan bo‘lishi yoki dilerlik markazlariga keltirilgan bo‘lishi kerak. Ro‘yxatga kiritilgan nomzodlardan biri – Volkswagen Golf hali ommaga taqdim qilinmagan. Biroq marka rahbari kompaniya belgilangan muddatlarda ulgura olishi va 2019 yil oxirigacha modelni sotuvga chiqarishga va'da bergan.
Yil avtomobili unvonini olishga quyidagi modellar da'vogarlik qiladi:
- Audi E-Tron
- BMW 1-Series
- BMW Z4
- BMW X6
- BMW X7
- DS3 Crossback
- Ferrari F8 Tributo
- Ford Puma
- Kia e-Soul
- Mazda3
- Mazda CX-30
- Mercedes-Benz CLA
- Mercedes-Benz EQC
- Mercedes-Benz GLB
- Mercedes-Benz GLS
- Nissan Juke
- Opel/Vauxhall Corsa
- Peugeot 208
- Porsche 911
- Porsche Taycan
- Range Rover Evoque
- Renault Captur
- Renault Clio
- Renault Zoe
- Skoda Kamiq
- Skoda Scala
- SsangYong Korando
- Subaru Forester
- Tesla Model 3
- Toyota Camry
- Toyota Corolla
- Toyota RAV4
- Toyota GR Supra
- Volkswagen Golf
- Volkswagen T-Cross
25 noyabrgacha g‘olib uchun ovoz berishning 1-bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning natijalariga ko‘ra hakamlar hay'ati nomzodlarning yakuniy ro‘yxatiga kiradigan 7 ta modelni e'lon qiladi. 2-bosqich 2020 yilning bahorigacha davom etib, g‘olib 2 mart kuni Jyenevadagi xalqaro avtosalon ochilishi arafasida e'lon qilinadi.
2019 yil ushbu unvonni Jaguar I-Pace elektr krossoveri egallagan. 2018 yilda esa “Yil avtomobili” unvoniga Volvo XC40 krossoveri sazovor bo‘lgan.