Tanzila Norboyevaning Yaponiyaga tashrifi haqida rasmiy ma'lumot berildi

O‘zbekiston 09:50 / 21.10.2019 7054

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva joriy yil 22-24 oktabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti A.Santo bilan muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Yaponiyaning yangi imperatori Naruxito taxtga o‘tirishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etadi.

Bundan oldin, Yaponiya yangi imperatorining taxtga o‘tirishi marosimida O‘zbekistondan Tanzila Norboyeva qatnashishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: