Tadqiqot: gadjetlar displeylari qarishni tezlashtiradi

Fan-texnika 02:51 / 20.10.2019 7375

Oregon universiteti olimlari gadjetlarning LED-ekranlaridan chiqadigan yorug‘likning kuniga 12 soatdan ta'siri ko‘z, miya hujayralarini ishdan chiqarishi va qarishni tezlashtirishini aniqlashdi. Bu drozofil pashshalarni gadjetlar displeyidan chiqadigan yorug‘likdan muntazam ravishda nurlantirish borasidagi tajriba orqali ma'lum bo‘ldi.

Tajriba natijasida hasharotlar uchayotganida mo‘ljal olish qobiliyatini yo‘qotgan. Bu esa LED-monitorlar ularga qaralmasa ham zarar yetkazishi mumkinligini bildiradi.  

Shu bilan birga, muntazam ravishda LED-monitorlar bilan ishlash inson umrini qisaqrtiradimi-yo‘qmi hozircha aniqlanmagan.

Avvalroq Toronto universiteti olimlari yorug‘lik diodlari ta'sirida insonda uyqu gormoni ishlab chiqarilishi buzilishini aniqlashgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: