Qatar qirollik oilasining hashamatli samolyoti ichidan namoyish etildi (video)

Jahon 11:59 / 19.10.2019 89799

Aviabloger Sem Chui Kanadaning Gamilton shahridan AQShning Marana shahriga Qatar hukmron qirollik oilasiga tegishli bo‘lgan Boeing 747-SP samolyotida parvoz qildi va o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Chuining YouTube’dagi videosi 12 oktyabrda e'lon qilingan, biroq OAV e'tiboriga endigina tushdi.

Samolyotda bir nechta xona mavjud: ikki kishilik karavotli yotoqxona, baxmal mato bilan qoplangan kursilari bor mehmonxona, uzun yog‘och stolli ovqatlanish xonasi, oltin rakovinaga ega hojatxona, ishchi xona, xizmatkorlar uchun ekonom-klassdagi xona.

Aviablogerning ta'kidlashicha, samolyotda parvoz qilish “haqiqatga aylangan orzu” bo‘ldi. “Men Boeing 747’ni, hashamatni, hashamatli sayohatlarni, aviatsiyani yaxshi ko‘raman. 747-SP’da parvoz qilishdan yaxshiroq narsa bo‘lishi mumkinmi?”, deb hayratini yashira olmagan bloger. Chuining ma'lum qilishicha, samolyotni uch kishi boshqaradi.

Ma'lum qilinishicha, samolyotning narxi 178 mln yevroni tashkil qiladi. U 1979 yilda Pan Am aviakompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra qurilgan va ilk transatlantik reyslarda qo‘llangan. So‘ngra samolyotni United Airlines aviakompaniyasi sotib olgan. 

1995 yilda esa Boeing Qatar qirollik oilasi tomonidan sotib olinib, 2004 yilda qayta jihozlangan. 2018 yil avgustda samolyot sotuvga qo‘yilgani e'lon qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: